Bugun 18 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

Toshkentda martdan maygacha sovuq suv rejali o‘chiriladi

Toshkentda martdan maygacha sovuq suv rejali o‘chiriladi

Toshkentda sovuq suv rejali tarzda o‘chiriladi. Bu haqda "Toshkent suv ta’minoti" xabar berdi.

Rejali profilaktika ishlari munosabati bilan suv quvurlari va tarmoqlarida ta’mirlash ishlari olib borilishi, shuningdek 2026 yil bahor-yoz mavsumiga tayyorgarlik doirasida poytaxtda ichimlik suvi bosimi pasaytiriladi yoki vaqtincha o‘chiriladi.

"Toshkent shahar suv ta’minoti" ma’lum qilishicha, bir kunlik o‘chirishlar 30 martdan 13 maygacha poytaxt tumanlarida rejalashtirilgan.

Ichimlik suvi bosimi pasaytirilishi va o‘chirilish jadvali bilan mazkur havolada to‘liq tanishish mumkin.

Suv bo‘lmagan hududlarga avtosuv tashuvchi mashinalar yuboriladi. Ma’lumot uchun telefon raqamlari:

• Markaziy dispetcherlik xizmati: 71 256-10-95, 71 252-60-08; 1054;

• Mirzo-Ulug‘bek tumani: 71 266-39-53;

• Olmazor tumani: 71 246-99-57;

• Uchtepa tumani: 71 274-83-45;

• Yashnobod tumani: 71 293-44-32;

• Yunusobod tumani: 71 235-25-64;

• Sergeli tumani: 71 258-96-32;

• Bektemir tumani: 71 295-16-28;

• Chilonzor tumani: 71 277-98-71;

• Shayxontohur tumani: 71 273-52-39;

• Yakkasaroy tumani: 71 255-05-50;

• Mirobod tumani: 71 292-02-78;

• Yangihayot tumani: 71 258-36-42

Kiritildi: Bugun 15:55. O'qildi: 308 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!