20 iyun kuni Toshkent shahrida maktab o‘quvchisi qing‘ir ishga qo‘l urdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Ma’lum bo‘lishicha, Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi, 18-sonli o‘rta maktabning 9-sinf o‘quvchisi B.S. shu tumanda yashovchi O.D. ismli ayolning uyiga ochiq qolgan eshik orqali kirib, xonasidan pullari va zargarlik buyumlarini, hamda bank plastik kartochkalari bo‘lgan ayollar xamyonini o‘g‘irlab ketgan.
Ushbu holat yuzasidan B.S.ga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Manba: darakchi.uz