2019 yil 24 iyun kuni noma’lum shaxslar Toshkent shahrining Olmazor tumanida joylashgan “O‘z kabel” do‘koni oldida eshiklari ochiq holda qarovsiz qoldirilgan Toshkent tumanida yashovchi 26 yoshli B.S. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasi salonidan ichida 65 mln. so‘m puli, 2700 AQSh dollari, fuqarolik pasporti va korxonasining hujjatlarini o‘g‘irlab ketgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Olmazor tumanida yashovchilar 19 yoshli D.H., 11-sonli o‘rta maktabning 11-sinf o‘quvchilari YU.YU. va J.M.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.