15 iyul, yakshanba kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida Lacetti mashinasi olib qochilgan. Bu haqda IIB Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, shu tumanda yashovchi D.Kamolov (ismi o‘zgartirilgan) Qodirov ko‘chasida eshiklari ochiq qolgan Lacetti’ni haydab qochgan.
Lacetti egasi M.Gadoyev (ismi o‘zgartirilgan) IIBga mashinasi olib qochilgani haqida xabar qilgach, tezkor qidiruv ishlari natijasida mashina TTZ-2 dahasi hududidan texnik soz holda topilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida D.Kamolov qo‘lga olingan.