Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Toshkentda ko‘p qavatli uylarning narxi arzonlashmoqda

A A A
Toshkentda ko‘p qavatli uylarning narxi arzonlashmoqda

Toshkent shahrida iyun oyida avvalgi oydagiga nisbatan ko‘p qavatli uylarning narxi ikkilamchi bozorda ikki foizga arzonlashdi.

Bu haqda Credo Max Estimation baholash kompaniyasi ma’lumotiga asoslanib gazeta.uz xabar bermoqda. Unga ko‘ra, kvadrat metr uchun qiymat 610 sh. b. ga tushgan. Vaholanki, may oyida bu ko‘rsatkich 620 sh.b. edi. Iyun yakunlariga ko‘ra, g‘ishtli va panel tipidagi kvartiralarning narxi 2 foiz tushib, mos ravishda 644 va 585 sh. b. ko‘rinishida bo‘ldi.

Xonalar soniga nisbatan qiymat quyidagicha bo‘ldi: bir xonali kvartiralar — 618 sh. b. (+2 foiz), ikki xonali — 598 (-2 foiz), uch xonali — 608 (-3 foiz), to‘rt va undan ortiq xonali — 631 (+2 foiz).

Shahar tumanlari kesimida 11 ta tumanning 5 tasida o‘rtacha narxlarning tushishi kuzatildi, 5 ta tumanda esa o‘sgan. Eng arzon o‘rtacha narx Bektemir tumanida — 445 sh. b., eng yuqorisi esa Mirobod tumanida — 721 sh. b. qayd etildi.

Manba: xs.uz

Kiritildi: 13:11 09.07.2018. O'qildi: 1945 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik