Bugun 1 sentyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Toshkentda kredit mablag‘lari evaziga kriptovalyuta sotib olgan fuqarolar aniqlandi

A A A
Toshkentda kredit mablag‘lari evaziga kriptovalyuta sotib olgan fuqarolar aniqlandi

Toshkent shahar Mirobod tumanida fuqarolar M.N., M.SH. va M.X.lar tumandagi tijorat bankidan o‘zi va tanishlari nomiga 783,6 mln so‘m kredit ajratishga erishib, kredit mablag‘ini talon-toroj qilganligi ma’lum bo‘ldi.

Departamentning Mirobod tuman bo‘limi xabariga ko‘ra, 3 nafar fuqaro o‘zi va tanishlarining nomiga 783,6 mln so‘m kredit ajratishga erishib, kredit mablag‘ini talon-toroj qilganligi, shuningdek, ushbu mablag‘ evaziga onlayn birjalardan birining ilovasi orqali 36 000 AQSh dollarini “kriptovalyuta savdosi”ga tikkan hamda “SPARK” va “GENTRA” rusumli avtomashinalarni sotib olib, jinoiy faoliyatdan olingan mulkni legallashtirgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 22:49 09.03.2022. O'qildi: 2926 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!