Bugun 3 iyul, 2024 yil, chorshanba

КИР

Toshkentda korxonani qasddan bankrotlikka olib kelish holati aniqlandi

Toshkentda korxonani qasddan bankrotlikka olib kelish holati aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Sergeli tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

Unda, S.T. MCHJ mas’ul shaxslari umumiy bahosi 1,9 mlrd so‘mlik avtotransport vositalarini MCHJ balansidan chiqarib, korxona to‘lovga qobiliyatsizligini qasddan yuzaga keltirib, kreditorning manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgani, shuningdek yer qa’ridan qazib olingan foydali qazilmalar hajmini soliq hisobotlarida kamaytirib ko‘rsatib, 256 mln so‘m soliqlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlagani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 09:59 29.06.2024. O'qildi: 436 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!