Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentda jinoiy guruh tuzgan qorovulning qilmishi fosh bo‘ldi

Toshkentda jinoiy guruh tuzgan qorovulning qilmishi fosh bo‘ldi

Toshkentda jinoiy guruh tuzgan qorovulning qilmishi fosh etildi. Bu haqda "Postda" xabar berdi.

Manbada yozilishicha, Toshkent viloyati Zangiota tumani IIB Navbatchilik qismiga Toshkent shahar Uchtepa tumanida yashovchi N.Z.dan ariza kelib tushadi. Unda N.Z. o‘zining Zangiota tumani Eshonguzar qo‘rg‘onida joylashgan «Compact-Tex» MCHJ omborxonasida shu yilning 31 iyul kuni kechasi soat 02:00 lar atrofida o‘g‘irlik jinoyati sodir etilganligini ma’lum qilgandi. Arizada bayon etilishicha, noma’lum shaxs hech kim yo‘qligidan foydalanib, eshik qulfini buzib omborxonaga kirgan va jami bahosi 300 000 000 so‘m bo‘lgan 500 o‘ramdagi har xil turdagi matolarni o‘g‘irlagan.  

Olib borilgan tezkor qidiruv-surishtiruv ishlari natijasida mazkur jinoyat qisqa fursatda ochildi. Buni qarangki, o‘g‘ri chetdan kelmagan ekan, u shu joyda ishlab, ro‘zg‘orini tebratgan qorovul T.I. bo‘lib chiqdi. Qorovul o‘zining jinoiy rejasini sheriklari A.T., A.YA. hamda O.A. bilan birga amalga oshirgani aniqlanib, barchasi qonuniy tartibda qo‘lga olindi. Hozirda mazkur holat yuzasidan Zangiota tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. “Tuzini yeb, tuzlig‘iga tupurgan” deb shunga aytsalar kerak-da...

Kiritildi: 16:19 09.08.2020. O'qildi: 3932 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!