Bugun 17 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

Toshkentda jangovar o‘qlarni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Toshkentda jangovar o‘qlarni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Poytaxtda noqonuniy ravishda jangovar o‘q-dorilarni sotishga uringan shaxs qo‘lga olindi. U xaridorga o‘qlarni 1,3 ming dollar evaziga sotmoqchi bo‘lgan.

Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Chilonzor tumanida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbiri davomida 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro xaridorga kalibri 5×45 millimetr bo‘lgan 22 dona jangovar o‘qni sotgan vaqtda ushlangan. Ashyoviy dalillar belgilangan tartibda hujjatlashtirib olingan.

Aniqlanishicha, ushlangan shaxs muqaddam Surxondaryo viloyatida joylashgan harbiy qismda portlatuvchi-haydovchi lavozimida ishlagan. Tezkor surishtiruvlar jarayonida u ushbu o‘q-dorilarni avval birga xizmat qilgan harbiy xodimdan 10 million so‘mga sotib olgani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 248-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Kiritildi: 20:27 16.01.2026. O'qildi: 231 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!