Bugun 19 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

Toshkentda isitish mavsumi 24 martdan bosqichma-bosqich yakunlanadi

Toshkentda isitish mavsumi 24 martdan bosqichma-bosqich yakunlanadi

Toshkent shahrida so‘nggi kunlarda havo haroratining mo‘’tadil darajada saqlanib turishi markazlashtirilgan isitishga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirmoqda. Shu munosabat bilan shaharda isitish mavsumini bosqichma-bosqich yakunlash rejalashtirilgan.

Ma’lum qilinishicha, isitish mavsumini yakunlash 24 martdan boshlanib, bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Bunday yondashuv turar joy binolarida haroratning keskin pasayib ketishining oldini olish hamda muhandislik tizimlarining barqaror ishlashini ta’minlashga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, qaror ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda qabul qilingan bo‘lib, aholi uchun qulaylik yaratish maqsadida bayram kunlari issiqlik ta’minoti saqlab qolinadi.

Qayd etilishicha, isitish mavsumini yakunlash kommunal infratuzilmaga tushadigan yuklamani kamaytirish va resurslardan samarali foydalanish imkonini beradi.

Shahar xizmatlari bayram kunlari ham kuchaytirilgan tartibda ishlashda davom etadi. Ob-havo sharoiti va issiqlik ta’minoti tizimlari faoliyati doimiy nazoratda bo‘lib, zarurat tug‘ilganda tezkor choralar ko‘rilishi ta’minlanadi.

Kiritildi: Bugun 14:46. O'qildi: 247 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!