Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Toshkentda iqtidorli maktab o‘quvchilariga «hokim stipendiyasi» berildi

Toshkentda iqtidorli maktab o‘quvchilariga «hokim stipendiyasi» berildi

 

Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent shahrida iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash va moddiy rag‘batlantirish maqsadida «hokim stipendiyasi» joriy etilishini ma’lum qilgandi. Poytaxt hokimligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 2021 yilda ilk marotaba ta’sis etilgan ushbu stipendiya sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

«Hokim stipendiyasi»ga aniq fanlar bo‘yicha olimpiadalarda qatnashib, yuqori natijalarga erishgan bir guruh a’lochi o‘quvchilar loyiq deb topilgan. Xususan, aniq fanlar — fizika va matematika yo‘nalishida 6 nafar o‘quvchi uchun stipendiya ajratilishi belgilangan. Ularga 500 ming miqdoridagi stipendiya har oy davomida to‘lab boriladi.

«Bu hali boshlanishi. 2022 yildan boshlab har bitta maktablarda 6-8 nafar eng iqtidorli o‘quvchilarni aniqlab, ularga yil bo‘yi har oyda 500 ming so‘mdan ‘hokim stipendiyasi’ni beramiz. Bundan tashqari har oyda, o‘sha o‘quvchilarga ta’lim bergan o‘qituvchilarning oyligiga 1 million so‘mdan ustama qo‘shib beramiz. O‘ylaymanki, ta’limni Toshkentda yuqori marralarga olib chiqamiz», — degan Toshkent shahar hokimi.

 

Kiritildi: 20:47 07.03.2021. O'qildi: 2636 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!