Robototexnika o‘qituvchisi Sultonbek Erkinov «InnoWeek.Uz-2021» xalqaro innovasion g‘oyalar haftaligi doirasidagi taqdimotda inson harakatlari o‘ta aniqlikda takrorlay oladigan robotni taqdim etdi. Uni insonning har bir harakatni «ushlab oladigan» datchiklari bo‘lgan qo‘lqop yordamida masofadan turib boshqarish mumkin. Uni inson omilisiz bajarilishi kerak bo‘lgan xavfli ishlarga, masalan, sapyorlarning bombani zararsizlantirishida ishlatish mumkin, dedi u.
«InnoWeek.Uz-2021» haftaligi 27 noyabrgacha davom etadi.