31 avgust kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yashovchi D.G. uyida janjal qilayotganligi haqidagi xabarga asosan voqea joyiga yetib kelgan 3 nafar Yashnobod tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari fuqaro D.G.ni tartibga chaqirgan vaqtlarida u uyidan pichoq olib chiqgan va xodimlarni o‘ldirish bilan qo‘rqitib, ularga faol qarshilik ko‘rsatib, bir nafar xodimning yuziga qo‘llari bilan urib jarohat yetkazgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi bu haqda xabar bermoqda.
manba: 7news.uz