Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Toshkentda firibgar ayol ushlandi

A A A
Toshkentda firibgar ayol ushlandi

2018 yil 20 may kuni Toshkent shahrining M.Ulug‘bek tumani IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, shu yil 17 may kuni noma’lum ayol Feruza dahasidagi poyafzal ta’mirlash ustaxonasida fuqaro S.Z.(ismli ayol)ni aldash yo‘li bilan undan 1 200 000 so‘m pulini olib, garov sifatida 5 turdagi sariq metalldan yasalgan buyumlarini qoldirib, voqea joyidan yashiringanligi ko‘rsatilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi S.S.(ismli ayol) sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov davom etmoqda.

Kiritildi: 15:39 14.02.2019. O'qildi: 1960 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik