Bugun 28 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Toshkentda Yevropa kuni nishonlanadi

Toshkentda Yevropa kuni nishonlanadi

Joriy yil 2 may kuni Toshkent shahrida Yevropa kuni keng miqyosda nishonlanadi. Ushbu sana munosabat bilan poytaxtda Yevropa Ittifoqi festivali tashkil etiladi. «Bu Yevropa jamoasi ruhidagi ochiq shahar tadbiri bo‘lib, bir makonda xalqaro loyihalar, YEIga a’zo mamlakatlar elchixonalari va bugungi kunda mavjud imkoniyatlarni yaxshiroq tushunishni istagan insonlar uchrashadi», – deb xabar berdi YEI delegasiyasi. Festival doirasida Yevropa Ittifoqi moliyalashtirayotgan dasturlarning vakillari bilan bevosita muloqot qilish, ta’lim, ko‘nikmalarni rivojlantirish, ekologiya, hamjamiyatlarni qo‘llab-quvvatlash, inson huquqlarini himoya qilish va boshqa yo‘nalishlardagi xalqaro tashabbuslar O‘zbekistonda qanday ishlayotgani borasida qimmatli ma’lumotlar olish mumkin. Dasturning alohida qismi YEI mamlakatlari bilan jonli tanishuv bo‘lib, elchixonalar o‘z turizm salohiyatini, ta’lim olish imkoniyatlarini va madaniy xilma-xilliklarini taqdim etadi. Bolalar hamda kattalar uchun yengil va ochiq shahar bayrami formatidagi festival interaktiv zonalarni ham o‘z ichiga oladi. Tashkilotchilarga ko‘ra, qiziquvchilar tadbirga oila a’zolari va yaqinlari bilan tashrif buyurishi mumkin. Kirish bepul. Yevropa Ittifoqi festivali 2 may kuni soat 11:00–16:00 da Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida (Mustaqillik shohko‘chasi, 2) bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 20:59 27.04.2026. O'qildi: 267 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!