2019 yil 24 fevral kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi O.M. Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi oldida rashk tufayli sobiq turmush o‘rtog‘i, shu ko‘chada yashovchi G.E.(ismli ayol)ga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha G.E. kasalxonaga yotqizilgan. O.M. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.