Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Toshkentda eng mazali kabob qayerda pishiriladi?

Toshkentda eng mazali kabob qayerda pishiriladi?

Potrebitel.uz sahifasi xo‘randalar internetda yozib qoldirgan 1300 dan ortiq maqtov va tanqidlarni o‘rganish natijasida Toshkent kabobxonalarining reytingini tuzdi.

Biz 2018-2019 yilllar davomida 25 marotaba bo‘lib o‘tgan muhokamalarni tahlil qilib, qoldirilgan barcha izoh, tanqid, maqtov va 1357ta layk larni hisoblab chiqib Toshkentda eng mazali kabob pishiradigan kafe, choyxona va restoranlar reytingini tuzdik , - deb yozadi Potrebitel.uz.

Toshkent kabobxonalari reytingi

Reytingda jami 208ta kafe, choyxona va restoranlar kiritilgan bo‘lib, ulardang eng ko‘p bal jamlagan 30 tasi quyidagi diagrammaga kiritilgan.

Ko‘rib turganingizdek, eng mazali kabob reytingi yetakchilari Chalagach, Chig‘atoydagi kabobxonalar va U Vlada kafesi sazovor bo‘ldi. Ular bizdan Oltin tipratikan beligisni olishadi , - deyilgan xabarda.

Reyting qanday hisoblandi

Facebookdagi Potrebitel.uz guruhida 2018 yil yanvar va 2019 yil apreliga qadar bo‘lib o‘tgan bir necha muhokamalar davomida qoldirilgan maqtov va tanqidlar hisoblab chiqilgan. Ushbu muhokamalarga ssilkalar quyida keltirilgan.

Jamlangan ma’lumotlarda har bir maqtov +1 ball, tanqid -1 ballga hisoblab chiqilgan. Reyting bali esa maqtovlar sonidan tanqidlar soni olib tashlanganda hosil bo‘lgan natijadir.

Agar biror oshxona nomi reytingda keltirilmagan bo‘lsa, bu yening yaxshi yoki yomon ekanini bildirmaydi, shunchaki uni 218 ming ishtirokchidan hech kim tilga olmagan xolos.

Ushbu reyting tuzishda hech qaysi kompaniya homiylik qilmagan va unda yashirin reklama yo‘q. Reyting faqat ijobiy va salbiy izohlar asosida tuzilgan.

Kiritildi: 14:51 11.04.2019. O'qildi: 3911 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!