Bugun 25 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Poytaxtdada elektr tarmoqlari korxonasining muhandislari pora bilan qo‘lga tushdi (video)

Poytaxtdada elektr tarmoqlari korxonasining muhandislari pora bilan qo‘lga tushdi (video)

💡Toshkent shahri tumanlaridan biridagi elektr tarmoqlari korxonasining 2 nafar muhandisi tijorat bank filiali binosida o‘rnatilgan elektr hisoblagich noto‘g‘ri sxema orqali tarmoqqa ulanganligi natijasida elektr energiyasi xato hisoblanayotganligi bo‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirishgan.

Ular elektr hisoblagichni tarmoqqa ulagan MCHJ rahbaridan mazkur dalolatnoma bo‘yicha hisoblangan 400 mln so‘m jarimani 65 mln so‘mga tushirib berish evaziga 8 ming AQSh dollari talab qilishgan.

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda muhandislar so‘ralgan pul mablag‘ini uchinchi shaxs orqali olgan vaqtlarida ularning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.

Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 07:32. O'qildi: 389 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!