Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Toshkentda dunyodagi eng katta Qur’oni karim sahifasi qo‘lda ko‘chirildi

Toshkentda dunyodagi eng katta Qur’oni karim sahifasi qo‘lda ko‘chirildi

Toshkentdagi Islom sivilizasiyasi markazida dunyodagi eng katta qo‘lyozma Qur’oni karim sahifasini qo‘lda ko‘chirish ishlari yakuniga yetdi. Bu haqda Islom sivilizasiyasi markazi direktori Shoazim Minovarov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ushbu sahifa Boysunqor Mirzo tomonidan otasi sulton Shohrux Mirzo uchun maxsus ko‘chirilgan Boysunqur Qur’oni sahifasining biroz kattalashtirilgan takrori.

Sahifani markaz xattoti, Toshkent Islom instituti bitiruvchisi Najmiddin Fayoziy Nuriddin o‘g‘li 6 oy mobaynida ko‘chirgan.

Maxsus qog‘oz Yaponiyadan, bo‘yoqlar Turkiyadan keltirilgan va sahifaga o‘zbek oltini suvi bilan hal berilgan. Sahifa Islom sivilizasiyasi markazidagi Usmon Qur’oni uchun jihozlanayotgan xonaqohdan joy oladi.

Islom sivilizasiyasi markazi qo‘lyozma Qur’on sahifasini Ginnesning rekordlar kitobiga kiritish yuzasidan muzokaralar olib borishga kirishdi.

Kiritildi: 10:15 12.05.2021. O'qildi: 1928 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!