Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Toshkentda "dori biznesi" bilan shug‘ullanayotganlar qo‘lga tushdi

Toshkentda "dori biznesi" bilan shug‘ullanayotganlar qo‘lga tushdi

Toshkent shahri. 33 yoshli B.A., tanishi 33 yoshli SH.SH., bilan oldindan o‘zaro jinoiy til biriktirib, dori vositalarini dorixona va ularning filiallaridan tashqarida sotib noqonuniy foyda ko‘rish maqsadida, 2020 yil 15 iyun kuni taxminan soat 20:15 da Shayxontohur tumani Beruniy mavzesida joylashgan Onkologiya shifoxonasi yonida, 1.500 quti “Ambrobene 2 ml” nomli va 300 quti “Xilak forte 30 ml” nomli dori vositalarini 53 mln. 400 ming so‘mga sotayotgan vaqtda Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlari tomonidan ushlanganlar, ulardan dori vositalari va pul mablag‘lari xolislar ishtirokida o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirib olingan.

Baholash ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, dori vositalarining hozirgi kundagi bozor qiymati 82.350.000 so‘mni tashkil etgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi surishtiruv va ma’muriy amaliyot boshqarmasi tomonidan B.A. va SH.SH., larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi 2-qismi “a” bandi (Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizasiya qilish, shuningdek tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini resept bo‘yicha chakana realizasiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Keyinchalik jinoyat ishi dastlabki tergov harakatlarini davom ettirish uchun tergovga tegishliligi bo‘yicha yuborilgan va Shayxontohur tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan ish yurituviga qabul qilinib, tergov harakatlariga kirishilgan.

Dastlabki tergov jarayonida, B.A. va SH.SH., lar ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, ularga nisbatan “garov” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan tegishliligi bo‘yicha sudlovga yuborilgan.

Kiritildi: 15:06 13.08.2020. O'qildi: 2336 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!