Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Toshkentda diplom narxi 2200 dollarmi?

Toshkentda diplom narxi 2200 dollarmi?

Toshkentda 2 200 dollariga qalbaki diplom sotayotgan xalq ta’limi bo‘limi xodimi ushlandi. Bu haqda «Daryo»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent shahar, Uchtepa tuman xalq ta’limi bo‘limining xo‘jalik ishlari bo‘yicha mudir o‘rinbosari J.N. fuqaro N.T.ga «Sherobod Agrosanoat kasb-hunar kolleji»ni 2007—2010 yillarda o‘qib tamomlaganligi haqidagi qalbaki diplomni 2 200 dollarga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan J.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 228-moddasi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 14:38 13.11.2019. O'qildi: 1952 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!