Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentda daraxtga urilgan “Malibu” yonib ketdi

Toshkentda daraxtga urilgan “Malibu” yonib ketdi

28 noyabrdan 29 noyabrga o‘tar kechasi soat taxminan 3:40 larda Abdulla Qodiriy ko‘chasida joylashgan «Ramada» mehmonxonasi yaqinida fuqaro Z.S. boshqaruvidagi “Malibu” rusumli  (d/r  01 F550 JB) avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

 Avtoulovda 33 yoshli N.F. ham bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, mashina daraxtga urilgan. O‘sha paytda ushbu yo‘nalishda harakatlanayotgan va avtohalokatga guvoh bo‘lgan haydovchilar “Malibu” haydovchisi va uning yo‘lovchisini qutqarib qolishgan hamda voqea guvohlaridan biri jabrlanganlarni o‘z mashinasida kasalxonaga olib borgan.

Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, "Malibu" haydovchisi va yo‘lovchisi yengil tan jarohati olgan, ularning holati qoniqarli deb baholanmoqda.

Voqea joyida fuqaro Z.S. va N.F. lar avtomobildan chiqarilganidan so‘ng, “Malibu” motor bo‘linmasida yong‘in sodir bo‘lgan, bu haqda  guvohlardan biri "101" tez yordam raqami orqali xabar bergan. Yong‘in haqida chamasi soat 03.30 larda FVBga xabar berilgan, chaqiruv asosida voqea joyiga zudlik bilan yong‘in xavfsizligi xodimlari yetib borib, soat 03.54 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.       

Hozirda Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan avtofalokat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ayni paytda Internet tarmoqlarida voqea videolavhasi tarqalmoqda, uning muallifi “Malibu” haydovchisi va yo‘lovchisi qutqarilib, kasalxonaga yetkazilganidan so‘ng voqea joyida bo‘lgan. Ammo video muallifi vaziyatni to‘liq tushunmay, aftidan, jamoatchilik o‘rtasida norozilik keltirib chiqarish, huquqni muhofaza qilish idoralarini salbiy tomondan ko‘rsatish maqsadida, forma kiygan odamlarga asossiz da’volar bilan murojaat qilgan. Shu bilan birga, videoning taglavhasida forma kiygan odamlar go‘yoki O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining harbiy xizmatchilari ekanligi aytilgan. Aslida esa, uyali telefon kamerasining ob’ektiviga yaqin atrofdagi "Lokomotiv" parkining qo‘riqchilari tushib qolishgan.

Kiritildi: 17:45 29.11.2020. O'qildi: 4374 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!