21 oktyabr kuni Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi 260-maktab tashqarisida, taxminan soat 13.10 da noma’lum shaxs bola o‘g‘irlashga uringan.
Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda ma’lumotlar tarqatilgandi. Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, maktab o‘quvchilariga hech qanday ziyon yetmagan.
Hozir mazkur holat yuzasidan Yunusobod tuman Ichki ishlar bo‘limi surishtiruv olib bormoqda.
Bola o‘g‘irlash holati haqida nafaqat Yunusobod, balki Olmazor tumanida ham ro‘y bergani haqida xabarlar tarqagandi.