Bugun 4 iyul, 2024 yil, payshanba

КИР

Toshkentda begona ayolning tanasidan ushlab, tegajog‘lik qilgan tarvuz sotuvchisi qamaldi

Toshkentda begona ayolning tanasidan ushlab, tegajog‘lik qilgan tarvuz sotuvchisi qamaldi

Toshkentda xaridor ayolning tanasidan ushlab, unga tegajog‘lik qilgan mast erkakka jazo tayinlandi. Bu haqda UzNews.uz muxbiri xabar bermoqda.

Sud hujjatlariga ko‘ra, 2024 yil 25 iyun kuni Toshkent shahar Chilonzor tumani Algoritm mavzesi Zargarlik ko‘chasida tarvuz sotuvchisi 33 yoshli U.I. mast holatda o‘ziga notanish bo‘lgan xaridor ayolning belidan past qismi va dumba qismlarini qo‘li bilan ushlab, shahvoniy shilqimlik qilganligi aniqlangan.

Sud majlisida so‘ralgan huquqbuzar erkak o‘zining yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan holatdagi aybiga iqrorligini, hozirda qilmishidan pushaymonligini, bundan keyin bu kabi harakatlarni sodir etmasligini bildirib, suddan unga nisbatan yengillik berishni so‘ragan.

Sud qarori bilan U.I.ga MJtK 41-1-moddasining 1-qismiga asosan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi va MJtK 194-moddasining 1-qismiga asosan BHMning 10 baravari miqdorida, ya’ni 3.4 mln so‘m jarima jazosi tayinlangan.

Kiritildi: 10:25 27.06.2024. O'qildi: 784 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!