Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Toshkentda ayol tanishining otasini o‘ldirdi

Toshkentda ayol tanishining otasini o‘ldirdi

Spirtli ichimlik iste’mol qilish, mastlik hech qachon yaxshilikka olib kelmaydi. Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida ro‘y bergan quyidagi voqea ham buning yaqqol tasdig‘idir.

"Postda" nashrining yozishicha, shu tumanda yashovchi fuqaro M.R. tanishi D.X.ni o‘z uyiga taklif qiladi. Ulfatchilik avjiga chiqqan bir paytda mast holdagi D.X. hamda M.R.ning birga yashagan otasi, 1955 yilda tug‘ilgan M.R. o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqadi. O‘zaro janjal paytida esa ayol M.R.ning bo‘yin qismiga pichoq bilan urib, voqea joyida qochib ketadi.

M.R. voqea joyida dunyodan ko‘z yumadi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 17:17 12.12.2019. O'qildi: 2519 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!