Bugun 15 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Toshkentda avtobuslar suvga to‘ldi (video)

Toshkentda avtobuslar suvga to‘ldi (video)

Kuchli yog‘ingarchilik oqibatida yuzaga kelgan toshqinlar natijasida poytaxt avtobuslarni suv bosdi.

O‘zbekistonliklar ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab videolarni joylashtirishdi. Avtobus salonlarini suv bilan to‘lishi video tasvirga olingan.

Yog‘ingarchiliklardan so‘ng shahar ko‘chalari suvga to‘lgan, yo‘llar bo‘ylab avtomobillar, avtobuslar suzishi ko‘ringan.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati ta’kidlashicha, suv toshqinlarining sabablaridan biri - bu drenaj tizimlariga tashlangan chiqindilardir.

Hokimlik vakilining so‘zlariga ko‘ra, 40 dan ortiq hududida yog‘ingarchilik oqibatlarini bartaraf etish ishlari amalga oshirilib, ushbu tadbirlar uchun 50 dan ortiq maxsus texnikalar jalb etildi.

Toshkent shahar hokimining o‘rinbosarlari boshchiligida shahar shtabi tashkil etilib, tuman hokimliklari va mutasaddi tashkilot rahbarlarining tunu-kun uzluksiz navbatchiligi yo‘lga qo‘yildi.

Kiritildi: 15:01 24.04.2019. O'qildi: 2871 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!