Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Ziyolilar ko‘chasida avtobusning yurish qismidagi texnik nosozlik kuzatildi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Oqibatda avtobus daraxtga urilgan. Voqea joyiga tezkor ravishda qutqaruv xizmatlari va tez tibbiy yordam brigadalari yetib kelgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bir kishi jarohat olgan.
Hozirda hodisaning barcha holatlarini o‘rganish bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilmoqda.