Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Toshkentda avtobus haydovchisi va chiptachi o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi

Toshkentda avtobus haydovchisi va chiptachi o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda jamoat transporti haydovchilari o‘rtasida yuzaga kelgan mojaro aks etgan video tarqalmoqda. Toshkent shahar IIBB mazkur holat bo‘yicha ma’lumot berdi.

"2022 yil 01 iyun kuni, Yunusobod tumanidagi savdo markazi yonida joylashgan avtobuslar to‘xtash bekatida, avtobus haydovchisi 31 yoshli T.K. (01 646 ASA), shuningdek, ikkinchi avtobus haydovchisi 43 yoshli A.U. (01 224 CGA) va avtobus konduktori 25 yoshli M.G.lar o‘rtasidagi og‘zaki janjal yuzaga kelgan, shu yerda bo‘lgan boshqa fuqarolar tomonidan ushbu mojaro to‘xtatilgan.

Ushbu holat yuzasidan avtobus haydovchilari T.K. va A.U.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasiga ("Mayda bezorilik") asosan bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudiga taqdim etilgan", deyiladi ma’lumotda.

Kiritildi: 11:41 04.06.2022. O'qildi: 3663 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!