Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Toshkentda askarlar uyiga, Sirdaryoda chaqiruvchilar xizmatga kuzatildi

Toshkentda askarlar uyiga, Sirdaryoda chaqiruvchilar xizmatga kuzatildi

Poytaxtimizdagi Qurolli Kuchlar davlat muzeyida Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism askarlarini tantanali kuzatish marosimi o‘tkazildi, deb xabar berdi O‘zbekiston respublikasi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.
Mudofaa vazirligi harbiy orkestrining musiqa sadolari ostida 142 nafar bitiruvchilarning 56 nafariga oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma, 55 nafariga tadbirkorlik bilan shug‘ullanishda imtiyozli kredit olish imkonini beruvchi sertifikat topshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yilning 6 iyundagi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida gi qaroriga muvofiq joriy yildan e’tiboran Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan 1 ming 239 nafar askarga 23,5 milliard so‘mdan ortiqroq kredit mablag‘i ajratilgan.

Shu kuni Sirdaryo viloyatida 2019 yil chaqiruv mavsumida fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga kuzatishga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazildi.

Unda Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi vakillari va muddatli harbiy xizmatga kuzatilayotgan yigitlarning ota-onalari qatnashdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar yoshlarni shunday yuksak sharafga loyiq ko‘rilgani bilan tabriklab, ularga oq yo‘l tiladi.

Manba: darakchi. uz

Kiritildi: 21:09 20.03.2019. O'qildi: 1788 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!