Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Toshkentda advokat pora bilan qo‘lga tushdi

Toshkentda advokat pora bilan qo‘lga tushdi

☄️Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining shahar boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, poytaxtda faoliyat yurituvchi advokatlar hay’atining muqaddam sudlangan advokati firibgarlik yo‘li bilan 2 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Aniqlanishicha, advokat Shayxontohur tuman IIO FMB TB ish yurituvidagi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov davomida gumonlanuvchiga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llamaslik masalasini mansabdor tanishlari orqali hal qilib berishni va’da qilgan.

⚖️Hozirda advokatga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

🕵️‍♂️Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 07:07. O'qildi: 395 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!