Bugun 16 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

Toshkentda 9-sinf bitiruvchisi haydagan BYD avtobus bilan to‘qnashdi

Toshkentda 9-sinf bitiruvchisi haydagan BYD avtobus bilan to‘qnashdi

Ma’lum bo‘lishicha, voqea 15 iyun kuni ertalabki soatlarda sodir bo‘lgan. 9-sinfni yakunlagan ikki nafar o‘smir kattalar nazoratisiz holda yengil avtomobil bilan yo‘lga chiqqan.

Harakat davomida rul ortida bo‘lgan o‘smir transport vositasi ustidan nazoratni yo‘qotgan va yo‘l chetida turgan Yutong rusumli avtobus bilan to‘qnashgan. Avtobusda yo‘lovchilar bo‘lmagan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtomobil oila a’zolarining ruxsatisiz olib chiqilgan. Hodisadan keyin huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Mutasaddilarning ta’kidlashicha, voyaga yetmaganlarning avtomobil boshqarishi nafaqat ularning o‘zi, balki boshqa yo‘l harakati ishtirokchilari hayoti va sog‘lig‘i uchun ham jiddiy xavf tug‘diradi.

Shu munosabat bilan ota-onalarga farzandlar ustidan nazoratni kuchaytirish, transport vositalari kalitlarini qarovsiz qoldirmaslik hamda yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish bo‘yicha tushuntirish ishlarini muntazam olib borish tavsiya etildi.

Kiritildi: Bugun 13:45. O'qildi: 265 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!