Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Toshkentda 65 yoshli Ozarbayjon fuqarosi halok bo‘ldi

Toshkentda 65 yoshli Ozarbayjon fuqarosi halok bo‘ldi

2021 yil 10 aprel kuni taxminan soat 16.40 da Mirobod tumani Mehrjon ko‘chasida (Dilkash kafesi qarshisida) ikkita transport vositalari: 65 yoshli Ozarbayjon Respublikasi fuqarosi Xalik K. ishonchnoma asosida boshqargan «Lacetti» (davlat raqami 01 310 AYEA) va 28 yoshli Shoxruh M. ishonchnoma asosida boshqargan «Malibu» (davlat raqami 01 S 710 UA) avtomobillari to‘qnashuvi ro‘y berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuvga “Lacetti” haydovchisining belgilanmagan joydan burilib olmoqchi bo‘lgani sabab bo‘lgan.

YTH oqibatida “Lacetti” yo‘lovchisi 63 yoshli Nuroniya V. hamda ikkala avtomobil haydovchilari turli darajadagi badan shikastlari bilan shifoxonaga yetkazildilar. Tibbiyot xodimlarining sa’y-harakatlariga qaramasdan, “Lacetti” haydovchisi hayotdan ko‘z yumdi. Marhumning yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etamiz.

Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266 moddasi 2 qismi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergov olib borilmoqda.

Kiritildi: 17:20 12.04.2021. O'qildi: 2805 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!