Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashagan 64 yoshli M.M. (erkak) 25 iyun kunidan 14 iyul kuniga qadar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida “O‘tkir strangulyasion ingichka ichak tutilishi” tashxisi bilan stasionar davolangan.
Bemorda 14 iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va o‘ta og‘ir holatda Zangiota tumanidagi Ko‘p tarmoqli yuqumli kasalliklari shifoxonasiga o‘tkazilgan.
Unga “COVID-19” infeksiyasining og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya, ingichka ichak rezeksiyasi va anastomozi operasiyasidan so‘nggi holat tashxisi qo‘yilgan. Bemorda kasallik o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi asorati bilan kechgan.
Shuningdek, unda o‘tkir strangulyasion ichak tutilishi hamroh xastaligi bo‘lgan. Bemorga mutaxassislar tomonidan onlayn konsultasiya va konsiliumlar o‘tkazilgan, davolash jarayoni belgilangan standartlar asosida olib borilgan.
Bemor asosiy kasallik asoratlari hisobiga ahvoli keskin og‘irlashib, mutaxassislar tomonidan to‘liq hajmda, standart asosida o‘tkazilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan u o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.