Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Toshkentda 4 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi (foto)

Toshkentda 4 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi (foto)

Toshkentning Laylito‘g‘on ko‘chasida bir vaqtning o‘zida 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Sputnik.

Ma’lum bo‘lishicha, banklardan biriga qarashli bo‘lgan Damas haydovchisi ro‘parasida qayrilmoqchi bo‘lgan Ravon Nexia’ni ko‘rgan va rulni keskin o‘ngga burgan. Oqibatda Damas Nexia’ning o‘ng qanoti va uning yonida to‘xtatib qo‘yilgan kulrang Spark’ga urilgan, so‘ng katta tezlikda ariqqa tushib ketgan. Bundan tashqari, Spark keskin zarbdan yaqinroqda turgan Nexia’ga borib urilgan.

Natijada 4 ta mashina baravar shikastlangan. Xabarda aytilishicha, hodisa sodir bo‘lishida aftidan, Damas aybdordek ko‘rinmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, avtomobillarning barchasi yo‘l qoidasini buzgan. Damas harakatlanish tezligi va oraliq masofani saqlamagan. Ravon Nexia avariyaviy holatni yaratib, belgilanmagan joyda qayrilishga uringan. Spark va Nexia esa piyodalar yo‘lagida to‘xtatib qo‘yilgan bo‘lgan.

Voqea joyiga YPX xodimlari yetib kelgan bo‘lib, ular YTH aybdorini aniqlamoqda.

Kiritildi: 17:01 08.07.2019. O'qildi: 2263 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!