Bugun 17 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Toshkentda 36 nafar bemor koronavirusni yengdi

A A A
Toshkentda 36 nafar bemor koronavirusni yengdi

Bugun poytaxtimizdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 7 nafar, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya i tibbiy reabilitasiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi klinikasida 9 nafar, 2-son Respublika klinik shifoxonasida 20 nafar, jami 36 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, o‘z uyiga kuzatildi.

Ayni paytgacha Toshkent shahri va viloyatida 4638 holatda  koronavirus infeksiyasi qayd etilib, endilikda ularning 2773 nafari sog‘aydi. 

Shu tariqa hozirgi soatgacha  mamlakatimiz bo‘ylab sog‘ayganlar soni 4913 nafarni tashkil etmoqda.  

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Kiritildi: 16:34 26.06.2020. O'qildi: 1793 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!