Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Toshkentda 3 ballik zilzila sezildi

Toshkentda 3 ballik zilzila sezildi

9 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:39da Tojikistonda zilzila yuz berdi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika seysmoprognostik monitoring markazi xabariga ko‘ra, zilzila kuchi Toshkent shahrida 3 ballga, Guliston shahrida esa 4 ballga teng bo‘lgan.

Zilzila koordinatalari: 39,96 gradus shimoliy kenglik; 69,31 gradus sharqiy uzunlik. Toshkentgacha masofa 145 kilometr janubiy yo‘nalishda joylashgan bo‘lib, magnituda — 4,7, chuqurlik — 10 kilometr.

Zilzila O‘zbekistonning quyidagi hududlarida qayd etilgan:

Toshkent: 145 kilometr, 3 ball;
Namangan: 231 kilometr, 2 ball;
Andijon: 273 kilometr, 2 ball;
Farg‘ona: 215 kilometr, 2 ball;
Guliston: 74 kilometr, 4 ball;
Jizzax: 126 kilometr, 3 ball;
Samarqand: 204 kilometr, 2 ball;
Termiz: 352 kilometr, 2 ball;
Qarshi: 326 kilometr, 2 ball;
Navoiy: 225 kilometr, 2 ball.

Kiritildi: 12:24 09.07.2020. O'qildi: 2452 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!