Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Toshkentda 23 yoshli qiz o‘zini sakkizinchi qavatdan tashlamoqchi bo‘ldi

Toshkentda 23 yoshli qiz o‘zini sakkizinchi qavatdan tashlamoqchi bo‘ldi

Qiz qutqarib qolingan. O‘z joniga qasd qilishga urinish sababi oilaviy muammolar bo‘lgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda “Abu Saxiy” bozori avtoturargohining 8-qavatidan sakrashga urinayotgan qiz aks etgan video tarqaldi. Yaqin atrofdagi fuqarolar uni qutqarishga muvaffaq bo‘lishdi.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, voqea 3 iyul kuni soat 17:45 atrofida yuz bergan. 2001 yilda tug‘ilgan fuqaro M.O. oilaviy muammolar tufayli o‘z joniga qasd qilishga uringan.

“Tuman ichki ishlar bo‘limlarining xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha inspektorlari hamda psixologlar tomonidan ayol bilan suhbat o‘tkazilib, hozir u mutaxassislar nazoratida”, — deyiladi boshqarma xabarida.

Kiritildi: 11:40 05.07.2024. O'qildi: 1087 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!