Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Toshkentda 19 yoshli juvon spirtli ichimlik ichib o‘tirgani uchun bir necha bor pichoqlandi

Toshkentda 19 yoshli juvon spirtli ichimlik ichib o‘tirgani uchun bir necha bor pichoqlandi

Toshkent shahrida eri tomonidan pichoqlangan 19 yoshli ayolning hayoti saqlab qolindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati «Daryo»ga xabar berdi.

Hodisa 11 oktyabr kuni soat 23:30 larda yuz bergan.

Sergeli tumani Sputnik 2-dahasida yashovchi fuqaro 1992 yilda tug‘ilgan Ahmad A. turmush o‘rtog‘i 2000 yilda tug‘ilgan Lola A. tumanning «Zodiak» kafesida spirtli ichimlik ichib o‘tirganligi sababli u bilan o‘zaro janjallashib qoladi. Ahmad. A janjal oqibatida o‘zi bilan olib kelgan oshxona pichog‘i bilan Lola A.ning qorin, bel va ko‘krak qafasiga bir necha marotaba urib, voqea joyidan yashiringan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordam natijasida Lola A.ning hayoti saqlab qolingan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Ahmad A.ga nisbatan JK 25, 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va u prosessual tartibda ushlangan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 11:30 14.10.2019. O'qildi: 5024 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!