Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Toshkentda 11 ta tadbirkorga 3,6 mlrd so‘m zarar yetkazgan firibgarlar faoliyati fosh etildi

Toshkentda 11 ta tadbirkorga 3,6 mlrd so‘m zarar yetkazgan firibgarlar faoliyati fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmazor tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “M.m.” “A.” va “Y.f.” MCHJ rahbarlari va boshqalar oldindan o‘zaro til biriktirib, 11 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ektlardan olingan 3,6 mlrd so‘mlik dori vositalarini naqd pulga sotib yuborib, savdodan tushgan pullarni to‘lamasdan firibgarlik yo‘li bilan o‘zganing juda ko‘p miqdordagi mulkini qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan jamiyat rahbarlari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
 

Kiritildi: 15:51 12.03.2021. O'qildi: 1815 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!