Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Toshkent yaqinidagi hovlida qurol va giyohvandlik vositalarining noqonuniy saqlangani fosh qilindi

Toshkent yaqinidagi hovlida qurol va giyohvandlik vositalarining noqonuniy saqlangani fosh qilindi

Davlat bojxona qo‘mitasining Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan qurol-yarog‘ va giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga doir navbatdagi qonunbuzarlik holatini fosh etishdi.

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida tezkor kuzatuvga olingan fuqaro M.G‘.ning yashash xonadoni va yordamchi xo‘jaliklari amaldagi tartiblarga asosan va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada, xonadonning eski oshxonasida hech qanday hujjatlari bo‘lmagan 1 stvolli, 12 kalibrli 1 dona ov quroli yashirilgani aniqlandi.

Shuningdek, ko‘zdan kechirish davomida hovlidagi daraxatlarga quritish maqsadida ilib qo‘yilgan hamda traktor g‘ildiraklari orasiga yashirib qo‘yilgan ko‘knori hashaklari va boshoqlari ham ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.
Ularning umumiy og‘irligi esa 2 kg. 200 gr.ni tashkil qilar ekan.

Davlat Bojxona qo‘mitasi Matbuot xizmati xodimi Husan Tangriyev bu haqda «7news.uz» ga ma’lum qildi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan dastlabki tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 08:00 17.08.2019. O'qildi: 1267 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!