Toshkent viloyatida valyuta sotuvchi qo‘lga olindi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari xodimlari Toshkent viloyatidagi kiyim-kechak bozorlaridan birida noqonuniy ravishda valyuta savdosi bilan shug‘ullangan shaxsni qo‘lga oldi. Huquqbuzar 4800 AQSh dollarini 51,8 million so‘mga sotayotgan vaqtda uyida ushlangan.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan ashyoviy dalil sifatida 15 383 dollar, 264 000 Qozog‘iston tengesi, 89 000 Rossiya rubli va 414,3 million so‘m olingan.
Mazkur holat yuzasidan 177-modda (Chet el valyutasini qonunga xilof ravishda sotib olish yoki o‘tkazish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.