Toshkent viloyatining Piskent tumanida qum-shag‘al aralashmasi noqonuniy qazib olingani aniqlandi.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, sun’iy baliq hovuzi tashkil qilish uchun ajratilgan 19,34 gektar yer maydonidan noqonuniy ravishda ishlov berilmagan 56 750 metr kub miqdorida qum-shag‘al aralashmasi noqonuniy qazib olingan.
Buning oqibatida davlat yoki jamiyat manfaatlariga 1 milliard 808 million so‘m qiymatda — juda ko‘p miqdorda zarar etkazilgani aniqlangan.
Ma’lumot uchun,