Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bosh prokuraturaning Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani prokurori yordamchisining noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi.
Xususan, ushbu mansabdor shaxs xizmat mavqeidan foydalangan holda, fuqaroning mashina oldi-sotdisi bilan bog‘liq masalasini hal qilib berish hamda bankdan 600 mln so‘m miqdorida imtiyozli kredit olishida ko‘maklashish evaziga jami 12 ming AQSh dollari talab qilgan.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda prokuror yordamchisi so‘ralgan pul mablag‘idan 4700 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, u muqaddam fuqarodan 1300 AQSh dollari olganligi aniqlandi.
Hozirda holat yuzasidan unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish chorasi ko‘rilmoqda.