Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Toshkent viloyatida piyodaning umriga zomin bo‘lgan haydovchi ushlandi

Toshkent viloyatida piyodaning umriga zomin bo‘lgan haydovchi ushlandi

Shu yilning 12 noyabr kuni soat taxminan 21:30 larda Toshkent viloyatining Angren shahrida, noma’lum avtomashina haydovchisi tomonidan Appartak mahallasidan Dukent qo‘rg‘oni yo‘nalishida harakatlanib ketayotib, piyoda U.A.ni urib yuborib, voqea joyidan yashiringan, natijada piyoda U.A. olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

Toshkent viloyati Angren shahar IIB YHXB va Angren shahar IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini Angren shahar Appartak mahallasida yashovchi haydovchi A.P. tomonidan “LUAZ-979M” rusumli avtomashinasida sodir etilganligi aniqlangan. Haydovchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 117- va 266-moddalari tegishli qismlariga ko‘ra jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, piyoda U.A. yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan vaqtda spirtli ichimlik iste’mol qilganligi va mast holda bo‘lganligi ma’lum bo‘lgan. Bundan tashqari, mazkur yo‘l-transport hodisasi vaqtida ushbu hududda tuman tushgan bo‘lganligi va shu sababli yo‘l ko‘rinishi yomonlashganligi ma’lum bo‘lgan.

 

Kiritildi: 21:22 16.11.2018. O'qildi: 1122 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!