Bugun 27 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

Toshkent viloyatida narkolaboratoriya aniqlandi

Toshkent viloyatida narkolaboratoriya aniqlandi

Huquq-tartibot idoralari tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullangan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Xususan, Toshkent shahrining Yangihayot tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 2 nafar shaxs ushlanib, ularning yonidan 500 dona kuchli tasir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi. Ma’lum bo‘lishicha, ular dorilarni tarqatish bilan shug‘ullanishgan.

Keyinroq, ularga aloqador bo‘lgan yana bir tarqatuvchi qo‘lga olinib, uning yonidan ham 500 dona kuchli tasir qiluvchi dorilar topildi.

Shundan so‘ng ushbu dorilarning manbasini aniqlash maqsadida tezkor tadbir davom ettirildi.

Natijada, Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida 3 nafar shaxs qo‘lga olinib, ularning yashash manzili ko‘zdan kechirilganda narkolaboratoriya tashkil etilganligi ma’lum bo‘ldi va 9 kg “Pregabalin”, 500 gr “Tropikamid”, 600 dona “Pregabalin” kuchli tasir qiluvchi dori vositalari hamda qadoqlashda foydalaniladigan anjomlar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 251¹-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 07:15. O'qildi: 387 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!