Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Toshkent viloyatida itlar so‘yib sotilayotgani to‘g‘risidagi xabar o‘z tasdig‘ini topmadi

Toshkent viloyatida itlar so‘yib sotilayotgani to‘g‘risidagi xabar o‘z tasdig‘ini topmadi

Toshkent viloyatidagi cho‘chqa fermasida go‘shtini sotish maqsadida itlar ommaviy ravishda otib o‘ldirilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. «Sevimli» telekanalining «Zamon» informasion dasturida ma’lum qilinishicha, ushbu xabarlar o‘z tasdig‘ini topmagan.

Itlarni go‘shti uchun so‘yishda ayblanayotgan fuqaro ustidan «Mehr va oqibat» hayvonlarni himoya qilish jamiyatiga arz kelib tushgan. Unda aytilishicha, Toshkent viloyatining Keles shahridagi cho‘chqa fermasida it go‘shtlarini sotish maqsadida ommaviy ravishda o‘ldirilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, Viktor Efimenko cho‘chqaboqar tadbirkor bo‘lib, erkak 50 yildan buyon cho‘chqa boqish bilan shug‘ullanib keladi. Shuningdek, cho‘chqaxonada itlar va boshqa parrandalarni ham uchratish mumkin. «U boqayotgan itlar zotdor. Tabiiyki bahosi ham qimmat. Bittasi 100 dollar turadi», — deyiladi xabarda.

«Mana ko‘rib turibsiz, 5-6 ta itim bor, ularni so‘yib bo‘ladimi? Men ularni yaxshi ko‘raman», — deydi erkak.

Toshkent tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i, veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi mutaxassislari hamda mahalla raisi birgalikda it so‘yishda gumonlangan shaxsning ish faoliyati va cho‘chqaxona hududini ko‘zdan kechirgan.

Cho‘chqaxonada aniqlangan qon izlari itlarga emas, cho‘chqaga tegishli bo‘lib chiqqan. «Cho‘chqaboqarga qo‘yilgan ayblov o‘z tasdig‘ini topmadi», — deya ta’kidlanadi xabarda.

Avvalroq Toshkent viloyatida o‘quvchi boshpanasiz itlarning otilishiga qarshi chiqqan faolning boshini g‘isht bilan urib yorgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Kiritildi: 14:55 27.02.2021. O'qildi: 1828 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!