Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Toshkent viloyatida fuqaroni ozodlikka chiqarib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Toshkent viloyatida fuqaroni ozodlikka chiqarib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.YU. manzilli koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkum SH.ni tanishlari orqali ozodlikka chiqarib berish evaziga 8 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, B.YU.ning ko‘rsatuviga asosan davom ettirilgan tadbirda, uning sheriklari X.X. va A.T.lar yuqoridagi holatni ijobiy hal qilib berish evaziga 8 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 10:32 17.11.2021. O'qildi: 1851 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!