Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Toshkent viloyatida 3,3 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari aylanmasiga chek qo‘yildi

Toshkent viloyatida 3,3 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari aylanmasiga chek qo‘yildi

IIV hamda DXX xodimlari tomonidan Bo‘stonliq va Yashnobod tumanlarida tezkor tadbirlar o‘tkazildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, tadbir davomida 27 va 21 yoshli ikki nafar shaxs Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani, “Xo‘jakent” mahallasi hududidagi dala hovlida kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni qo‘lbola usulda qadoqlash bilan shug‘ullanib kelayotgani aniqlangan. Ushbu manzildan 13,5 kilogramm pregabalin hamda 20 litr tropikamid moddalari, shuningdek, mazkur moddalar uchun mo‘ljallangan 60 ming dona bo‘sh kapsulalar topilgan.

Tezkor tadbir davom ettirilib, qo‘lga olingan shaxslarga katta miqdorda dori vositalarini olib kelgan 26 va 31 yoshli kurerlar Nexia rusumli avtomobilda ushlanib, haydovchining yonidan 10 dona pregabalin topilgan.

Dastlabki surishtiruvlar davomida ushlangan shaxslar Telegram’da tashkil etilgan kanalda dori vositalarini qadoqlovchi va yetkazib beruvchi sifatida ishlayotgani ma’lum bo‘lgan.

Tezkor tadbir davomida qo‘lga olingan shaxslardan 3 milliard 300 million so‘mlik pregabalin va tropikamid kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari olingan. Holat yuzasidan Tergov departamenti tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Toshkentning Yakkasaroy, Chilonzor hamda Yashnobod tumanlarida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritilishining oldi olingani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, Toshkent viloyatida 36 ming dollarlik hujjatsiz dorilarni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangan edi.

Kiritildi: 12:46 08.07.2024. O'qildi: 847 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!