Oldinroq bu mansabni endilikda Surxondaryo viloyati hokimi etib tayinlangan Bahodir Baxtiyorovich Po‘latov egallab turgan edi.
SH. Rahmatov 1970 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 1995 yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan.
Prokuratura organlaridagi ish faoliyatini 1995 yilda Yangiyo‘l shahar prokuraturasida boshlab, Toshkent viloyati prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 1998 yildan boshlab Bosh prokuratura boshqarma prokurori, bosh prokurorning yordamchisi, Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, Bekobod tuman prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2018 yilning may oyidan shu vaqtgacha Toshkent viloyati prokurorining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.