Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Toshkent viloyati IIBB tezkor xodimlari tomonidan MDH davlatlaridan 23 nafar qidiruvdagi shaxslar olib kelindi

Toshkent viloyati IIBB tezkor xodimlari tomonidan MDH davlatlaridan 23 nafar qidiruvdagi shaxslar olib kelindi

Toshkent viloyat IIBB va uning quyi tizim xodimlari tomonidan, 56 nafar (turli jinoyat sodir etib, tergov va sud organlaridan yashirinib yurgan) qidiruvda bo‘lgan shaxs ushlanib, jazo muqarrarligi va qonun ustuvorligi ta’minlangan.

Yil boshidan esa, viloyat IIBB tezkor xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida 486 nafar (23 ayol) qidiruvdagi shaxs qo‘lga olingan.

Ushlangan shaxslarning 23 nafari MDH davlatlaridan olib kelingan (ekstradisiya qilingan) bo‘lib, eng uzoq qidiruvda bo‘lgani 20 yil, qisqasi esa 2 kunda aniqlanib, ushlangan.

Bundan tashqari, 22 nafar boshqa viloyatlarda norasmiy va rasmiy qidiruvdagi shaxs ushlanib, qidiruv tashabbuskoriga topshirilgan va 10 nafar bedarak yo‘qolgan shaxslar topilib, oilasiga qaytarilgan.

Kiritildi: 12:28 18.11.2022. O'qildi: 1454 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!